Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasi boshqaruvi tadbirkorlarga beriladi
![Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasi boshqaruvi tadbirkorlarga beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/6/9/720_460_95_691452163.jpg)
Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida infratuzilma masalasi haligacha dolzarb bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.
Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard so‘m ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yo‘l, elektr, suv va internet muammosini hal etish bo‘yicha hukumat qarorini kiritish;
- ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard so‘m ajratish;
- yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni ko‘paytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qo‘shimcha 500 milliard so‘m yo‘naltirish;
- kelgusi yil 1-aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter