Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy qurilgan inshootlari olib tashlangan Qorako‘l yangi qiyofada barpo etilmoqda

Noqonuniy qurilgan inshootlari olib tashlangan  Qorako‘l yangi qiyofada barpo etilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Qorako‘l Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh, Qorako‘l Buxoro viloyat markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan tuman. Tumanning yog‘ingarchilik kunlarda ish va o‘qishga tizza barobarida loyga botib borib keladigan, ichimlik suvini bir necha kilometr naridan tashib ichadigan, madaniy istirohat bog‘i, sport inshootlari e’tiborga muhtoj, malakali tibbiy xizmatdan foydalana olmayotgan bir qancha hududlari mavjud edi. Ayni kunlarda tumanda «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha boshlangan keng miqyosdagi obodonlashtirish ishlari davomida noqonuniy va betartib qurilgan inshootlar buzilib, yangicha qiyofaga keltirilmoqda.

Foto:«Xabar.uz»

Qorako‘llik  Samad Mamatovning aytishicha, qishloqlar, balki tumanning ayrim markaziy ko‘chalari ham betartib qurilganidan ko‘chalar va yo‘llarni izlab topish mushkul edi. Hatto, g‘ishtin poydevorlar va sim to‘siqlar o‘rab olingan xonadonlar ham yo‘q emasdi.  Ayni paytda yillar davomida qishloqlar va tuman markazi ko‘rkini buzib turgan tuproq va chiqindilarga ko‘milib ketgan, yaroqsiz beton ariqlar ham olib tashlandi. 

Foto:«Xabar.uz»

Kelajakda sanoat shaharchasiga aylanish ko‘zda tutilgan tumanda ayni paytda 33 ta pudrat-qurilish tashkilotlari birkitilgan. Madaniyat markazi binosi, Mahalla markazi majmuasi, tuman davlat xizmatlari markazi, tuman IIB binosi, Yoshlar markazi va yoshlar bog‘ini qurish, 864 o‘rinli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabini qayta ta’mirlash, 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 300 o‘rinli bino qurish, 1-sonli 140 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini qayta qurish, Kitob olami savdo majmuasini va boshqa yirik ob’yektlarni davlat idora va tashkilotlarining buyudjetdan tashqari mablag‘lari hamda viloyat mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan barpo etish ishlari bajariladi. «Buxoroobodqurilish montaj-servis» MChJ, «Rus aymer» MChJ, «Qorako‘l montaj Dekar», «Poykent industirial qurilish servis» MChJ va boshqa qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ayniqsa, e’tiborga molik. 

Foto:«Xabar.uz»

Qisqa fursatda tumandagi Eski qal’a, Zarafshon, Chekirchi qishloqlari obod manzillarga aylantirilgan. Minglab quruvchi va ishchilar jalb qilingan. G‘oyatda mukammal ishlangan loyihalar asosida bajarilgan ishlar tumanning yangi qiyofasini «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan Qoraun, Dehqonobod, Do‘rmon qishloqlarida kechayotgan obodonlashtirish va qayta qurish ishlariga 100dan ortiq texnika vositalari jalb qilingan. Mazkur mahallalardagi qishda loy, yozda chang bo‘ladigan ko‘chalardagi chiqindilar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, shag‘al yotqizish ishlari jadal kechmoqda.

-Ayni paytda yiqitilgan inshootlar garchi noqonuniy, tartibsiz qurilgan bo‘lsa-da, zaruriyat, odamlarning kundalik ehtiyojini qondirib kelayotgan edi,-tuman hokimi o‘rinbosari O‘tkir Sharipov.- Shuning uchun ularning o‘rniga davr talabiga mos yangilarini barpo etish uchun tez va sifatli qurilish ishlari kechmoqda.  Turar joylar bilan bir vaqtda hududdagi ko‘cha va yo‘llar ham tartibga keltirilmoqda. 36, 80 kilometrli davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari ta’mirlanib, qum-shag‘al yotqizilib, 6 metr kenglikda asfaltlanmoqda.

Qurilish va obodonlashtirish ishlari joriy yilning sentyabr oyiga qadar davom etadi.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring