Ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladimi?
Kecha, 2-may kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoni muhokama qilindi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Tadbirda ishtirok etigan «Daryo.uz» nashri muxbirining «Ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida noqonuniy tarzda o‘zlashtirilgan yerlarda barpo etilgan qurilmalarga mulk huquqi e’tirof etiladimi-yo‘qmi?» — degan savoliga «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Mirvosil Agzamov quyidagicha javob bergan:
«Farmon loyihasida ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi noqonuniy qurilmalarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi ko‘zda tutilmagan. Hujjat ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida qurib olingan uylarga nisbatan tatbiq etilmaydi, u faqat yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yerlarga nisbatan amal qiladi».
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan yerlardagi noqonuniy qurilmalarga hech qanday tartibda mulk huquqi berilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter