Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov: «Togri.uz»ning yopilishi siyosiy sabablarga bog‘liq emas»

Komil Allamjonov: «Togri.uz»ning yopilishi siyosiy sabablarga bog‘liq emas»

Foto:«Facebook»

Kuni kecha «Togri.uz» internet nashri yopilgani haqida xabar berilgan edi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov mazkur voqeaga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Togri.uz» internet nashrining faoliyati afsuski uzoq vaqt davom etmadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, «Togri.uz» sayti faoliyati to‘xtatilgani bu ta’sischilarning ichki va shaxsiy masalasi bo‘lib, siyosiy sabablarga aslo bog‘liq emas»,-deyiladi AOKA rahbari bayonotida.

«Shu bilan birga, Agentligimiz yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarining soni yanada ko‘payishi, ularning senzuradan xoli, erkin faoliyat ko‘rsatishi tarafdori bo‘lib, buning uchun biz barcha imkoniyatlarni yaratishga tayyor ekanligimizni ta’kidlamoqchiman» deb yozadi Allamjonov.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring