Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chat ekishda soxtalik qilganlar lavozimdan olindi

Ko‘chat ekishda soxtalik qilganlar lavozimdan olindi

Joriy yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘ida mahalla raisining ko‘rsatmasi bilan ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.

Ya’ni mas’ullar o‘zlarini ko‘chat ekayotgandek qilib ko‘rsatib, ko‘chat bilan birga suratga tushishgan, so‘ng esa xuddi o‘sha ko‘chatni o‘zlari bilan boshqa joyga olib ketishgan.

Ushbu holat yuzasidan «Bog‘ ko‘cha» mahalla raisi Q.Ochildiyev, mahalla raisining o‘rinbosari M.Akbarovga tegishli chora ko‘rildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.

Shuningdek, mahallada olib borilgan ko‘chat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i E.Asqarovga hayfsan e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring