Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyim-kechak sayyoradagi chiqindini ko‘paytirmoqda

Kiyim-kechak sayyoradagi chiqindini ko‘paytirmoqda

Foto: Google.com

Biz bir marta kiygan ko‘ylagimizni qaytib kiygimiz kelmaydi, bir oy tutgan sumkamizni ,ikki marta kiygan tuflimizni boshqasiga almashtirishga harakat qilamiz. Har birimizning kamida 3 tadan kuylagimiz, ustki va bosh, oyoq kiyimimiz bor. Urfdan qolsa darxol uni axlatga tashlaymiz, chunki hozir bolalar ham aka yoki opasidan qolgan kiyimni kiyishmaydi.

http://ecology.md sayti ma’lumotlariga asoslanib Ekologuz tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, so‘nggi 15 yilda kiyim ishlab chiqarish 2 martaga ko‘paydi. Bu esa quyidagi oqibatlarga olib keladi:

Har yili dunyoda 2 mlrd. dona jinsi shim tikiladi. Har bir shimni ishlab chiqarish uchun 7000 litr suv, futbolka uchn esa 2500 litr suv sarflanadi. Buncha suvni bitta inson 900 kun davomida iste’mol qiladi.

Sintetik kiyimlar ko‘payib, ularni ishlab chiqarishga neft va gaz sarflanadi.

Kiyimni bo‘yash uchun 1,7 mln. tonna turli xil kimyoviy modadalar ishlatiladi. Ularning aksariyati inson sog‘lig‘i uchun zarardir. Kiyganda endokrin, yurak tizimlari, nafas olish yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, saraton, bepushtlik, diabetni keltirib chiqaradi. Yuvganda suvga chiqadigan zaharli moddalar atrofni zaharlaydi. Sintetik kiyimlar yuvilgan oqova suv 25% mikroplatikni suvga chiqaradi, ular esa daryo, hovuz va dengizga oqiziladi. Bugunda 100 xildan ortiq dengiz hayvonlari tanasidan mikroplastik topilgan.

Har yili 400 mlrd. m2 matodan kiyim tikilganda 60 mlrd. m2 qiytiq, tekstil chiqindilar chiqadi. Har yili dunyoda 80 mlrd. dona turli xil kiyimlarishlab chiqariladi. 2 oydan so‘ng ularning 4/1 qismi chiqindiga tashlanadi.

O‘rtacha odam bugun 60% ga ko‘proq kiyim sotib oladi. 15 yil ilgari bu 25% ni tashkil etgan.

Balki moda orqasidan quvmay zarurat uchun kiyim sotib olib, mamlakatimiz, sayyoramiz tozaligiga hissa qo‘sharmiz? Faqat tabiiy mahsulotdan ishlab chiqarilgan matolarni ishlatarmiz?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring