Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda harbiylarning yangi dizayndagi kiyim-boshlari yaratilmoqda (foto)

O‘zbekistonda harbiylarning yangi dizayndagi kiyim-boshlari yaratilmoqda (foto)

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi ko‘rinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Qayd etilishicha, Prezidentning harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha bergan topshiriq va tavsiyalariga binoan 2018 yilning dekabr oyida harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi shakllantirildi.

Mazkur guruhga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ma’sul xodimlari boshchiligida Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, «Istiqlol» dizayn markazi mutaxassislari, malakali dizayner va olimlar, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va ekspertlari jalb qilingan.

Foto: «Uza.uz»

– Harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh ishlab chiqish jarayoniga g‘oyat katta mas’uliyat bilan jiddiy va puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlagan holda yondashilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Rustam Mahmudov.

Foto: «Uza.uz»

Harbiy kiyim-boshni yaratish bo‘yicha ishlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriyada sohaning malakali xodimlari ishtirokida ish olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun dastlabki namunadagi harbiy kiyim-bosh hamda farqlovchi belgilarning (atributikalar) eskiz loyihalari tayyorlandi.

Foto: «Uza.uz»

Hozirda qayd etilgan barcha fikr va tavsiyalarni hamda kamchiliklarni inobatga olgan holda ishchi guruh tomonidan harbiy xizmatchilar va soha xodimlari kiyim-boshlarining dastlabki eskizlari va dizaynlari ishlab chiqilgan.

Foto: «Uza.uz»

Yaratilgan kiyim-boshlarning birlamchi namunalari harbiy qismlarda ilk qo‘shinlar sinovidan (aprobatsiyadan) o‘tkazilishi, bunda soha vakillari, harbiy xizmatchilar, yoshlar, xalq, keng jamoatchilikning fikrini chuqur o‘rganish, tahlil etish, taklif va mulohazalarni umumlashtirib, shundan so‘ng harbiy kiyim-boshlarni keng assortimentda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring