Kiyev – Samarqand – Kiyev yo‘nalishi aviaqatnovi narxi ma’lum bo‘ldi
Ukrainaning Bees Airline budjet aviakompaniyasi 30-avgustdan boshlab Kiyev – Samarqand – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Samolyotlar haftada bir marta – dushanba kunlari ucha boshlaydi.
Chipta narxi $159 ya’ni deyarli 1,7 mln so‘mdan boshlanadi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalar ro‘yxati jadal kengayib bormoqda. 2017-yildan beri ularning soni ikki barobar oshdi (15 dan 31 gacha).
O‘zbekiston bozoriga Air Arabia (BAA) kabi taniqli aviatashuvchilardan tashqari, qo‘shni davlatlarning Kam Air (Afg‘oniston) va Somon Air (Tojikiston) kompaniyalari kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter