Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi

Ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi

Ertaga, 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar bayrami taqvimda dam olish kuni sifatida belgilangan.

Demak, bugun barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Shuningdek, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun 2-3 oktyabr sanalari (shanba-yakshanba)  ham dam olish kuni hisoblanadi. Ular ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin.

Haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar esa shanbada ishga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Mehnat Kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlarida xodimlarni ishlatish ta’qiqlanadi.

Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina — jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring