Kelgusi besh yilda ichimlik suvi ta’minotiga 40 trillion so‘m investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident kelgusi besh yilda bu sohaga 40 trln so‘m investitsiya jalb qilib, ichimlik suvi ta’minotini 90 foiz, oqova suv tizimi qamrovini 35 foizga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Joriy yilda ushbu maqsadlar uchun 2 trln so‘m budjetdan ajratiladi, 245 mln dollar jalb etiladi.
«Asosiy e’tiborni suv ta’minoti va sifati past hududlarni rivojlantirishga qaratamiz», — dedi Prezident.
Bu borada qo‘llanishi kerak bo‘lgan 3 ta tajriba ko‘rsatib o‘tildi:
- Namangan viloyatining 85 ta mahallasi uchun mahalliy budjet hisobidan 260 km tarmoq tortib, 8 ta quduq qazib, 8 ta suv minorasi qurilgan. Natijada 25 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
- Baliqchi, Pop, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shtepa va Quvaning 6 ta mahallasida vazirlikning ijtimoiy buyurtmasi asosida 7 ta suv inshooti va 117 km tarmoq qurilib, 20 mingdan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
- yuqoridagi imkoniyatlar bo‘lmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga 25-50 tonnalik markaziy suv hovuzi qurib, xonadonlarga tarmoq o‘tkazsa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter