Kelajakda millionlab kishilar pensiyasiz qolishi mumkin
2050-yilga borib, 60 yoshdan oshgan dunyo aholisi ikki barobarga oshib, 2,1 milliardga etadi. Bu haqda Davosda 15—19 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi yakunlari bo‘yicha hisobotga asoslanib Euronews yozmoqda.
Kelajakda ko‘p odamlarga nafaqa yetishmasligi mumkin. Odamlar hayotining so‘nggi 8-10 yilini deyarli hech qanday pulsiz o‘tkazish xavfi bor. Bu siyosatchilar tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan jiddiy muammo, deyiladi hisobotda.
Mamlakatlar fuqarolarning moliyaviy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashi kerak, deyiladi hisobotda. Bugungi kunda dunyo aholisining atigi 33 foizi moliyaviy savodli hisoblanadi.
Hisobot mualliflari, shuningdek, ish haqi va pensiyalardagi tengsizlikni markazlashgan holda hal qilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda dunyo aholisi sakkiz milliard kishiga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter