Kegeylida sport murabbiyi kaltaklagan 26 yoshli yigit shifoxonada jon berdi
![Kegeylida sport murabbiyi kaltaklagan 26 yoshli yigit shifoxonada jon berdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2142511255.jpg)
Shu yilning 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, tumandagi 1-sonli sport maktabi murabbiyi, 1996-yilda tug‘ilgan M.Asanov Aktuba OFY hududida o‘zaro janjal oqibatida 1992-yilda tug‘ilgan R.Ibraymovni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada R.Ibraymov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.Asanov qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter