Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish asossiz ravishda rad etilgani uchun qancha jarima belgilanadi?

Kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish asossiz ravishda rad etilgani uchun qancha jarima belgilanadi?

Foto: «Norma.uz»

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlari saytida muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga asosan tibbiyot muassasalari rahbarlarini hayot yoki salomatlik uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda bo‘lgan shaxslarga shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish asossiz ravishda rad etilgani uchun javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, MJTKga mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi 59-1-modda kiritiladi. Uni sodir etganlik uchun ma’muriy jarima EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ya’ni amaldagi miqdoriga ko‘ra 861 200 so‘mdan 1 722 400 so‘mgacha) bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring