Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi rahbariyatida tayinlov
![Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi rahbariyatida tayinlov](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2982725221.jpg)
O‘zbekistonda urug‘lik kartoshkasini yetishtirishni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi Prezident qaroriga asosan, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi tuzilgan edi.
Bugun, 9-aprel kuni Abdusalim Xolboyevich Yusupov va G‘ayrat Abduhamidovich Abduvohidov Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Elyor Abduhoshimovich Toshpo‘latov Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining raisi etib tasdiqlangan edi.
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018-yil 23-fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter