Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinda dorilarni qimmat sotayotgan dorixonalarga chora ko‘riladimi?

Karantinda dorilarni qimmat sotayotgan dorixonalarga chora ko‘riladimi?

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan kelgan dolzarb savollarga javob berildi.

Yurtimizda karantin e’lon qilinishi bilan ba’zi dorixonalarda dori vositalarining narxi sezilarli darajada oshib ketdi. Ularga nisbatan ta’sir choralari mavjudmi?

Dorixonalarda narxlarning keskin oshib ketishida belgilangan qoidalarning buzilishi aniqlanganida ushbu holat savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, deya baholanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring