Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin vaqtida fuqarolar eng ko‘p qaysi sohadan shikoyat qilgani ma’lum bo‘ldi

Karantin vaqtida fuqarolar eng ko‘p qaysi sohadan shikoyat qilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Google Images»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi karantin davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar statistikasini e’lon qildi. 

2020-yilning 30-mart — 10-may holatiga fuqaro (iste’molchi)lardan jami 395 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 280 tasi og‘zaki, 4 tasi yozma, 111 tasi elektron shaklda yuborilgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 374 tasi to‘liq ijobiy hal qilinib, qolganlari ijro nazoratiga olingan.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganida:

  • 218 tasi (55,2 foiz) savdo sohasiga,
  • 62 tasi (15,7 foiz) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga,
  • 34 tasi (8,6 foiz) elektr ta’minoti sohasiga,
  • 22 tasi (5,6 foiz) gaz ta’minoti sohasiga,
  • 15 tasi (3,8 foizi) suv ta’minoti sohasiga,
  • 13 tasi (3,3 foizi) kommunal xizmat sohasiga,
  • 3 tasi (0,8 foiz) transport sohasiga

to‘g‘ri kelishini ko‘rish mumkin.

Diqqat! Iste’molchi sifatida haq-huquqingiz buzilsa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring