Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr tizimida yana 9 nafar rahbar ishdan olindi

Kadastr tizimida yana 9 nafar rahbar ishdan olindi

Illyustrativ foto

Yaqinda Davergoyedezkadastr qo‘mitasi tozalash ishlari boshlangani va 7 ta rahbar lavozimini suiiste’mol qilgani, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondoshib tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur o‘rganib yechim topmagani uchun ishdan bo‘shatilgani xabar qilingan edi.

Joriy yilning 17-iyul sanasida yana 9 tasi rahbar lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda  Davergoyedezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bular Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Shomanay, Taxtako‘poir, Beruniy, Ellikqal’a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman «Yermulkkadastr» korxonalari rahbar va xodimlari bo‘lib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring