Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlarga tazyiq qilgan amaldorlarga jazo kuchaytiriladi

Jurnalistlarga tazyiq qilgan amaldorlarga jazo kuchaytiriladi

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Davlat dasturiga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2022 yil aprelgacha ushbu loyihani muhokamaga qo‘yishi kerak. Bunda fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning samaradorligini o‘rganishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, shu jumladan, mansabdor shaxslar tomonidan senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlik yanada kuchaytiriladi.

2021 yil noyabrda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Toshkentdagi Milliy matbuot markazida jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va unga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanishini aytgan va bu qonun loyihasi 2021 yil oxirigacha qabul qilinishi kutilayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring