Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juma namozlariga ruxsat berilmoqda, lekin sharti bor

Juma namozlariga ruxsat berilmoqda, lekin sharti bor

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholiga diniy ibodatlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilingan. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar berdi. 

Muhokama natijalari bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 13-avgustdan e’tiboran:

- masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;

- masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’qullandi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etishni tavsiya qilindi.

Shu bilan birga diniy ibodatlarni ado etish jarayonida tashrif buyuruvchilar tomonidan tibbiy niqobda bo‘lish hamda ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring