Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori ochiqlandi

Joriy yilda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori ochiqlandi

foto: xabar.uz

«2022–2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–172-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi

Unga ko‘ra 27 722,5 km ichki yo‘llar (2022 yilda – 5 113,2 km), 18 574,8 km ichimlik suv tizimlari (2022 yilda – 3 881,7 km tarmoq, 432 ta inshoot) yaxshilanadi;

  • jami 5 962 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, bozorlar (jumladan, 2022 yilda 253 ta mahalla binosi va guzar, 894 ta bozor) quriladi hamda ta’mirlanadi;
  • 5 284,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari (2022 yilda – 1 327,1 km) quriladi;
    78 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (2022 yilda 16 ta) tashkil etiladi.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 trillion so‘m, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 1 trillion so‘m, ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlarni qurish (ta’mirlash) va obodonlashtirishga 1,4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yildan:

  • qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi;
  • baholash natijalariga ko‘ra eng past ko‘rsatkich qayd etgan va o‘tgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring