Joriy haftada ob-havoning keskin sovushi kutilmoqda
Respublika Gidrometerologiya markazi yangi haftada O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
26-27-fevralda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.
26-27-fevralda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘ladi.
Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetadi.
Havo harorati 26-fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3-8 darajani tashkil qiladi. 27-fevralda respublika bo‘yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter