Jomboy tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
30-iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan.
«Jomboy tongi» gazetasining xabariga ko‘ra, unda tashkiliy masala ko‘rilib, tuman hokimi lavozimiga To‘ychiyev Hamza Xakimovich tasdiqlandi.
H.To‘ychiyev Samarqand viloyat G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 26-iyul kuni Samarqandga tashrifi davomida Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, uch sektor rahbarlari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter