Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda Germaniya bilan hamkorlikda gemodializ markazi ochiladi

Jizzaxda Germaniya bilan hamkorlikda gemodializ markazi ochiladi

Foto: «sputnik.kg»

Jizzax viloyatida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Latviya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Isroil, Qozog‘iston, Singapur singari 28 mamlakatdan 300 ga yaqin qatnashchilar ishtirokida viloyatning sarmoyaviy salohiyatini oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Forumda, shuningdek, chet el diplomatik missiyalari, qator xalqaro moliya institutlari, yirik xorijiy kompaniyalar vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Ushbu xalqaro investitsion forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov hamda Germaniyaning nufuzli «VAMs GmbH» kompaniyasi rahbari Isroil Izoxov o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda aholiga nefrologik va gemodializ yordam sohasida yangi investitsiya loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto:Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Ushbu hamkorlik doirasida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimiga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, nefrologiya sohasida dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sanoat kompleksini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Natijada, mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida mavjud gemodializ qurilmalari modernizatsiya qilinadi va ularning zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlash ishlari amalga oshiriladi. Davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyillari bo‘yicha gemodializ xizmatini ko‘rsatuvchi 20 ga yaqin yangi tibbiy klinikalar tashkil etiladi. Bundan tashqari, 2019 yilda Jizzax shahrida tumanlararo gemodializ markazini ochish ham rejalashtirilgan. Shuningdek, gemodializ uchun tibbiy materiallarni ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.

Ushbu kelishuv bo‘yicha 2022 yilgacha rejalashtirilgan investitsiya hajmi 27 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring