Jizzaxda fermer bir fuqaroni dalada urib-tepib tashladi

Joriy yilning 9-yanvar kuni soat 18:00 larda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani «Manas» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, «Berdiboy-Bo‘riboy» fermer xo‘jaligi raisi M.O. fermer xo‘jaligi dala maydonida bir fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, fermer o‘zaro janjal oqibatida fuqaro B.R. tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada B.R. shifoxonaga yotqizilgan. M.Oltmishev esa ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter