Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda 18 ming dollar sotmoqchi bo‘lgan valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)

Jizzaxda 18 ming dollar sotmoqchi bo‘lgan valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura qoshidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertamentining Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan birgalikda fuqarolar Shoniyozova va Rahmonovalarning arizasiga binoan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar fuqaro 18 mingdan ziyod AQSh dollarini sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali efirida xabar berildi.

Ular 5 ming AQSh dollarini berib, qolgan 13 mingdan ziyodini boshqa tanishlaridan olib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Tadbir jarayonida ular voqea joyidan qochmoqchi bo‘ldi, ammo ko‘rilgan choralar natijasida qo‘lga olindi.

Ularning yonidan chiqqan 14 ming AQSh dollari va 49 ming so‘m pul mablag‘lari ash’yoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring