Jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarni tashkil etish bo‘yicha tartib belgilandi
Hukumat qarori (85-son, 19.02.2021-y.) bilan Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda OAV vakillari jazoni ijro etish muassasalari (JIEM)ga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Murojaat u tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
Vakillarning JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar hamda xorijiy OAV vakillari Tashqi ishlar vazirligiga, Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar esa – Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
Murojaatnoma 5 ish kunida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda JIEBBga yuboriladi.
JIEM ma’muriyati rejalashtirilayotgan tashrif to‘g‘risida tegishli xabar olganidan so‘ng uning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter