Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jar yoqalab maktabga qatnaydigan bolalar. Hokimlik nima deydi?

Jar yoqalab maktabga qatnaydigan bolalar. Hokimlik nima deydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktabga jar yoqalab qatnaydigan bolalar» sarlavhasi ostida Parkent tumani Changi qishlog‘i «Nurobod» mahallasi Obisher ko‘chasida olingan rasmlar keng tarqaldi va keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan Parkent tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Changi qishlog‘i «Nurobod» MFY Obisher ko‘chasida 14 ta xonadon mavjud. Ko‘cha 2018 yilda tashkil etilgan. O‘quvchilar qiyinchilik bilan yurayotgan yo‘l mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan, ammo 2022 yil bahor faslidagi davomiy yog‘ingarchiliklar sababli yo‘lning katta qismiga jiddiy zarar yetgan. 

Bu ko‘chadan 8 nafar maktab o‘quvchisi Hisorak qishlog‘ida joylashgan 29-umumta’lim maktabiga qatnashadi. Ushbu maktabga borish uchun muhokamalarga sabab bo‘lgan rasmlarda ko‘rsatilgan yo‘ldan tashqari qo‘shimcha xavfsiz yo‘l ham mavjud. Obisher ko‘chasi bilan maktab orasidagi masofa 1.3 km tashkil etadi.

«Tuman hokimligi mutasadddilari ushbu yo‘l ichki yo‘llar balansiga kirmaganligi sababli loyiha-smeta asosida ichki yo‘llar balansiga kiritilishini hamda qurilish ishlarida malakali mutaxassislar jalb qilinishini, shunchaki shag‘al tashlash orqali muammoga uzil-kesil yechim topib bo‘lmasligi, yomg‘irli mavsumlarda bunday holatlar yana takrorlanishi mumkinligini ma’lum qiladi.

Qishloqdagi bu vaziyat tuman hokimligining to‘liq nazoratiga olingan va qurilish ishlari uchun loyihalashtirish ishlari boshlangan. 2022 yil so‘ngiga qadar bu masalaga ijobiy yechim topiladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring