Ixtironi patentlash qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? Izoh
AOKAda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati rahbari Feruz Jo‘rayev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda intellektual mulk mavzusi bilan bog‘liq savollarga javob berildi.
Toshkent stomatologiya instituti izlanuvchisiman. Tish kasalligini davolashning yangi usulini yaratdim. Mazkur ixtironi patentlash tartibi haqida ma’lumot bersangiz.
«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma topshirish tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- patent olish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan Agentlikka taqdim etiladi;
- patent olish uchun talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin.
Ixtiroga talabnoma quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- ixtiro muallifi (hammualliflari) yoki patent olish so‘ralayotgan shaxs nomi, shuningdek, ularning turar joylari yoki manzillari ko‘rsatilgan holda yozilgan patent berish to‘g‘risidagi ariza;
- ixtiro mohiyatini to‘liq ochib beruvchi, uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan bayoni;
- ixtironing mohiyatini ifodalovchi va bayoniga to‘liq mos tushuvchi formulasi;
- agar ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizma va boshqa materiallar;
- ixtiro referati.
Shuningdek, Sizda patentlash tartibi haqida qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, konsultatsiya markazining 232-50-45 va 232-50-47 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter