Issiq suv yetarlicha issiq bo‘lmasa, sovuq suv tarifi bo‘yicha haq to‘lanishi mumkinligini bilasizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan markaziy tizimlar orqali ta’minlanayotgan issiq suv harorati suv olish nuqtasida 50-75°Sga muvofiq bo‘lishi lozim. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar beradi.
Bunda issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlaridan har bir 3°S orqaga qaytganda issiq suv ta’minoti xizmati uchun to‘lov miqdori 0,1 foiziga kamaytiriladi.
Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo‘lganda, iste’mol qilingan suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter