Evrika! Isroilda insoniyat tarixini bir necha o‘n ming yilga «uzaytirishi» mumkin bo‘lgan suyaklar topildi
Isroilda insoniyat tarixini bir necha o‘n ming yilga uzaytirishi mumkin bo‘lgan suyak qoldiqlari topildi. Suyak qoldiqlarida yoshi katta insonning jag‘ va bir necha tishlari saqlanganini ko‘rish mumkin. Bu haqda «AiF» xabar berdi.
Qazilma mamlakat shimolidagi Karmel tog‘i yonbag‘ridagi Misliya g‘oridan topilgan. Uning yoshi 177-194 ming yillarga to‘g‘ri keladi. Bu Afrikadan tashqarida aniqlangan eng qadimgi inson suyaklaridir. Mazkur topilma an’anaviy xronologiyani qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Chunki zamonaviy qiyofadagi inson sayyoramizda biz hozir bilgan ma’lumotdan ancha oldin paydo bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.
Hozirga qadar olimlar zamonaviy inson qiyofasi Afrikada 160-200 ming yil avval vujudga kelganiga ishonchlari komil edi. Isroilda topilgan topilma esa «homo sapiens» evolyusiyasini minimum 100-200 ming yilga uzaytiradi.
Shuningdek, bu topilma zamonaviy insonning ayrim xususiyatlari Afrikadan tashqari ancha avval paydo bo‘lganini ham ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter