Isoqjon domla vazifasidan ozod etildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ichki nazorat komissiyasi tomonidan xalq orasida «Isoqjon domla» deb tanilgan Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator chiqishlari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, ichki nazorat komissiyasi avval ham ushbu imom-xatibning mana shunday chiqishlarini bir necha bor ko‘rib chiqib, uni jiddiy ogohlantirgan.
Yig‘ilishda I.Begmatov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlarida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini va pushaymonligini bildirgan.
Ichki nazorat komissiyasi qaroriga asosan imom-xatib mazkur chiqishlarida ushbu yo‘nalishdagi buyruqlar talablari, ichki tartib-qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga muntazam ravishda rioya etmagani uchun Isoqjon Begmatov Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi vazifasidan ozod etildi, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter