Islom Karimov haqidagi hujjatli film tayyor bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham qatnashdi.
Uning ma’lumot berishicha, Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqolalar tanloviga 900 ta ijodiy ishlar kelib tushgan. Shuningdek, «Mustaqillik me’mori» nomli hujjatli film ham tayyor bo‘lib, yubiley kunlari barcha markaziy telekanallarda namoyish etiladi.
Muxbirimizning xabariga ko‘ra, Islom Karimov tavalludi bilan bog‘liq tadbirlarda xorijdan ham vakillar ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter