Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islandiyada ming kishiga 796 gazeta to‘g‘ri keladi, O‘zbekistonda-chi?

Islandiyada ming kishiga 796 gazeta to‘g‘ri keladi, O‘zbekistonda-chi?

Foto: borgarbokasafn.is

2018-yil 11-oktyabr kuni «Do‘rmon» ijod uyida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda «Hududiy ommaviy axborot vositalarining holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar» mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv-seminarida Toshkent viloyatida faoliyat yuritadigan gazeta, jurnal, televideniye, radio, veb-saytlar tahririyatlari ijodiy xodimlari ishtirok etdi.

Caption

Amaliy mashg‘ulotda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti mutaxassislari N.Toshpo‘latova hamda B.Alimovning «Hududiy bosma nashrlarning bugungi holati: menejment va marketing yo‘nalishlaridagi muammolar va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar», «Hududiy nashrlarda axborot tayyorlash – kontent masalasi», «Jurnalist tekshiruvini olib borish bosqichlari va tamoyillari» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun ma’ruzachilar tomonidan interfaol o‘yinlar o‘tkazildi.

Seminar yakunida tahririyatlarni iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, gazetalarni mazmunan boyitish, saviyasi va o‘qishliligini oshirish, jurnalistlarning kasb malakasini yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Internet taraqqiy etgan ayni axborot zamonida bu ko‘rsatkich Islandiyada har ming nafar aholiga qariyb 796 gazeta to‘g‘ri keladi va bu dunyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu borada Yaponiya 634 dan ziyod ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. Osiyo qit’asining yana bir vakili – Janubiy Koreyada esa har ming o‘quvchiga qariyb 450 gazeta to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, O‘zbekistonda-chi?

Bugungi kunda mamlakatimizda 665 gazeta o‘rtacha 4 million nusxada chop etilishini inobatga olsak, bosma nashrlarning o‘quvchilarni qamrab olish darajasi ancha past ekani oydinlashadi. O‘z navbatida, ushbu holat bosma nashrlar, ayniqsa, tuman va shahar gazetalari uchun iqtisodiy jihatdan murakkab vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Bir tomondan internet jurnalistika axborot makonini egallayotgan, boshqa tomondan obuna masalasi tobora og‘irlashib borayotgan mana shunday murakkab sharoitda nima qilish kerak? Gazetalar adadini qanday ko‘paytirish mumkin?

Qachonki, gazeta sahifalarida hududlardagi dolzarb, aholini qiynab kelayotgan yoki ular uchun ham manfaatli bo‘lgan mavzular ochiq-oydin yoritilsa, mavjud muammolar yuzasidan tahliliy-tanqidiy materiallar muntazam berib borilsa, shu bilan birga, faoliyatga yondashuvni o‘zgartirib, bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda, marketing ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina gazetalar adadi ortadi. Bu esa bosma nashrlarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi, — deyiladi Matbuot va axborot agentligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring