Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isitish mavsumi: hokimlik aholini «sabr qilish»ga chaqirdi

Isitish mavsumi: hokimlik aholini «sabr qilish»ga chaqirdi

Toshkent shahar hokimligi isitish mavsumi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. 

«So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholidan isitish mavsumi boshlanishi bilan bog‘liq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ko‘paymoqda.

Ma’lum qilamizki, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz,  avval 2023-yilning 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring