Navbat kutish shart emas — ish haqi va ish staji to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi kerakmi?
Endi buning uchun «O‘zarxiv» agentligiga borish, navbat kutish shart emas.
Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.
Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Shunchaki, my.gov.uz ga kirib:
- «Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish» xizmati tanlanadi;
- xizmat turi belgilanadi;
- shaxsga doir ma’lumotlar ko‘zdan kechiriladi;
- arizachi faoliyat ko‘rsatgan tashkilot ma’lumotlari qo‘shiladi va yuborish tugmasi bosiladi.
Xizmat ko‘rsatish muddati:
- ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 5 ish kuni;
- ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma – 20 ish kunidan oshmaydi.
Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanish mutlaqo bepul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter