Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylar soni oshirildi

Ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylar soni oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident farmoni (PF–6274-son, 05.08.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi.

Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.

2021 yilda yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko‘paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.

Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.

Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning eng ko‘p miqdori 28 mln so‘mdan 31 mln 500 ming so‘mga ko‘paytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring