Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sukarno — Imom al-Buxoriy qabrini birinchi bo‘lib ziyorat qilgan xorijiy sayyoh

Sukarno — Imom al-Buxoriy qabrini birinchi bo‘lib ziyorat qilgan xorijiy sayyoh

Foto:«Wikipedia»

Indoneziyaning sobiq prezidenti janob Sukarno Samarqand yaqinida joylashgan Imom Al-Buxoriy qabrini birinchi bo‘lib ziyorat qilgan xorijiy davlat arbobi hisoblanadi.

27-30-iyun kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etilgan «Trisakti Tourism Award» ko‘rgazmasi hamda «Indonesia Halal Expo-2019» mahsulot va xizmatlar yarmarkasida shu haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan konferensiyada Indoneziyaning turizm vaziri, Hunarmandchilik va kreativ sanoat vaziri, yetakchi turistik tashkilotlar hamda aviakompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimoti tashkil etildi.

Taqdimot davomida Sukarno janoblari Indoneziya prezidenti sifatida 1956-yilda Sobiq Ittifoqqa qilgan rasmiy tashrifi davomida Samarqand shahriga sayohat tashkil etilgani va bu sayohat davomida Hartang qishlog‘idagi Imom Al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishni so‘ragani yodga olindi. Janob Sukarno O‘zbekistonga tashrif buyurgan ilk ziyoratchi-sayyoh deya e’tirof etildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Ziyorat turizmi sho‘basi bosh mutaxassisi Saidkomil Xolxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, prezident Sukarno yurtimizga safari so‘ngida o‘zbek xalqini «Ko‘zga uzoq, qalbga yaqin» ma’nosidagi indonez maqoli orqali ta’riflagan, bugungi kunda esa, ikki mamlakat o‘rtasidagi vizasiz tizim hamda Toshkent-Jakarta yo‘nalishida aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi orqali munosabatlar yanada mustahkamlanganini ta’kidlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring