Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imon Karimovaning «Instagram»dagi sahifasiga boshqa shaxslar tomonidan materiallar qo‘yilishi ma’lum qilindi

Imon Karimovaning «Instagram»dagi sahifasiga boshqa shaxslar tomonidan materiallar qo‘yilishi ma’lum qilindi

Foto:«Instagram»

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Gulnora Karimova bo‘yicha bayonot berdi.

Unga ko‘ra, 21-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasida ko‘zda tutilgan huquqlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida qizi Imon Karimova bilan 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan.

Uchrashuvdan so‘nggi fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilganda, u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi.

«G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internetlarda nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham «Instagram»dagi «iman.k17» sahifasi unga tegishli ekanligini, ammo onasi G.Karimova bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qildi» deyiladi xabar yakunida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring