Ikki shaxs qidiruvga berildi
Toshkent hududida jinoyat sodir etishda gumonlanib ikki nafar noma’lum shaxs qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
«Yunusobod tumanida sodir etilgan jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinib, ikki nafar shaxs qidirilmoqda (shaxslari aniqlanmoqda).
Agarda siz gumon qilinuvchi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 71-235-00-02, 97-702-77-44, 98-313-41-63 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter