Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki muddatdan ortiq bir kursida o‘tira olmaydiganlar ro‘yxati sanab o‘tildi

Ikki muddatdan ortiq bir kursida o‘tira olmaydiganlar ro‘yxati sanab o‘tildi

Foto: «Xabar.uz»

Ayni daqiqalarda Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Senator Narimon Umarov so‘z olib, ikki muddatdan ortiq bir lavozimda ishlamaydiganlar ro‘yxatini sanab o‘tdi:

— Yangi Konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining bir qator lavozimlari, jumladan, Qonunchilik palatasi spikeri, Senat raisi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlar kengashi raisi, hokim, oliy sud raisi va rais o‘rinbosari, sudyalar oliy kengashining raisi va o‘rinbosari, MSK raisi va bosh prokuror lavozimlariga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring