IIBB bozorlar atrofida tartibbuzar haydovchi va piyodalarga chora ko‘rishni boshladi (foto)
«IIBB: xalq bilan muloqot (Toshkent)» guruhiga bir vaqtning o‘zida fuqarolarimizdan poytaxtdagi yirik bozorlar atrofidagi yo‘llardagi harakatni tartibga keltirish bo‘yicha bir nechta murojaatlar kelib tushdi.
Ayniqsa noroziliklar «Toshkent ipak yo‘li» («Abu-Saxiy»), «O‘rikzor», «Farxod», «Qo‘yliq», «Yunusobod» va boshqa bozorlar yaqinidagi harakatlarga taalluqli edi. Odamlar o‘z murojaatlarida, bozordagilar avtomobillarini ikki, hattoki uch qator qilib qoldirishlaridan va ularni deb avtobuslar bekatga yaqinlasha olmasliklaridan norozi bo‘lmoqdalar. Piyodalar ham piyodalar yo‘lakchasigacha 200-300 metr yurishga erinib yo‘lni xohlagan joylaridan kesib o‘tib, avariyaviy holat keltirib chiqarishmoqda.
Shanba, 25-may kunidan boshlab Toshkentning barcha yirik 14 ta bozorlari yaqinida YPX, PPX xodimlaridan va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi xodimlaridan tashkil topgan qo‘shimcha guruhlar xizmat olib borishmoqda.
To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgan piyodalarga, yo‘l chetida va yer-osti yo‘laklarda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. U yerda savdo qiladiganlar tomonidan yo‘lak ifloslantirilishi sababli odamlar yer-osti yo‘laklaridan foydalanishni istashmaydilar.
Bundan tashqari, fuqarolarga quylaylik yaratish maqsadida bir qator takliflar tayyorlanmoqda, xususan, bozorlar yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh yoki bozorga keladigan avtomobillarni o‘rtacha sonini sig‘dira oladigan to‘lovli turargohlar qurish.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari patrul olib boradigan kunlarda tartib darajasi oshmoqda.
Ammo nahotki shahrimiz yo‘llarida tartib bo‘lishi, yo‘llar xavfsiz bo‘lishi uchun doim formalik odam bo‘lishi kerak? Avtomobil boshqarayotgan har bir kishi, atvomaktabni bitirgan, haydovchilik imtihonini va YHQni bilish bo‘yicha imtihon topshirgan. Shunday bo‘lsa nima sababdan haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishmaydi?
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy shaharlar yo‘llaridagi tartib aks etgan surat va videolarni tarqatishganda biror kim o‘ylab ko‘rarmikan: nima sababdan ularda tartib bor-u, bizda yo‘q? Javob esa ravshan – ularda yo‘l harakati qoidalarini buzish mumkin emas. Bu esa inson madaniyati va ko‘rgan tarbiyasini aks etadi. Ularda bozor, maktab, bolalar bog‘chasi darvozasi, ofis eshigi yaqiniga avtomobilni taqab haydab kelish hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ular o‘zlariga qulay joyda mashina qoldirish boshqalar uchun noqulaylik tug‘dirishini bilishadi. Bu o‘zgalarni hurmat qilmaslikning alomatidir. Shu tariqa inson o‘zini tarbiyasizligini ko‘rsatib qo‘yadi.
Biz ham bir-birimizni hurmat qilaylik. Avtomobillarni maxsus ajratilgan joylarda qoldirib, kerakli joygacha piyoda yetib boraylik. Bu sog‘liq uchun ham foydali bo‘libgina qolmay, o‘zgalar uchun ibrat ham bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter