Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga polkovnik Shohrux Kamoliddinovich G‘iyosov tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

Shohrux G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996-yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. 

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.

Avvalroq IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbiddin Burxonov vazifasidan ketgan va boshqa tizimda rahbarlik lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni saytimizda «Ichki ishlar vaziriga ochiq xat» e’lon qilingan edi. Kecha Ichki ishlar vazirligi mazkur ochiq xatga javob yo‘llab, ichki ishlar organlari axborot xizmatlarining faoliyatini tubdan yaxshilash ishlari boshlangani va yaqin kunlarda OAV va jamoatchilikka ushbu masalada alohida bayonot berilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring