Ichki ishlar podpolkovnigi vafot etdi
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muhandisi podpolkovnik Toshev Abdulaziz Abduvahobovichning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Xabarda ichki ishlar podpolkovnigi qanday sabab tufayli vafot etgani haqida ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha IIV podpolkovnigi va Toshkent shahar IIBB mayori koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter