Ichki ishlar organlarining kiyimi o‘zgaradi
Ichki ishlar organlari xodimlarining yangi maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilari ishlab chiqiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23-avgustda imzolagan ichki ishlar tizimida shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish haqidagi qarorda belgilangan.
Hujjatda aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura va Moliya vazirligi bilan birgalikda «fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurni shakllantirish zaruratini hisobga olgan holda» yangi kiyimni tayyorlashi kerak.
Shuningdek, «Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun» idoraviy ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, shaxslarni qidirish va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari, shu jumladan, xorijiy politsiya tuzilmalari xodimlari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter