Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ichki ishlar organlari faoliyatini o‘rganadi
12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ichki ishlar organlari faoliyatida kuzatilayotgan korrupsion omil va xavf-xatarlarni aniqlash hamda tahlil qilish maqsadida barcha hududlarda kompleks o‘rganishlar o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Agentlik tomonidan sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, jumladan jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishlarida xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter