Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichimlik suviga ta’sir qilayotgan bir qator qum-shag‘al karerlari to‘xtatildi

Ichimlik suviga ta’sir qilayotgan bir qator qum-shag‘al karerlari to‘xtatildi

Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchastkalarda noruda materiallarini qazish ishlarini olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati o‘rganilgan. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati xabar berdi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Zarafshon daryosi o‘zanida joylashgan «Dagbit» ichimlik suvi olish inshootining 3-uchastkasida noruda materiallarini qazish bilan shug‘ullanuvchi «Qorako`l Story Engineering» MChJ litsenziyasi bekor qilinib, faoliyati to‘xtatilgan, «Samarqand Keramik» MChJlarga qarashli 1 ta litsenziyali karer faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha sudga davo arizasi kiritilgan.

Shuningdek, Zarafshon daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini beruvchi yana 24 ta xuddi shunday karerlar faoliyati litsenziyasi va shartnomalari tugagani sababli to‘xtatilgan, ayrimlari cheklangan va bosqichma-bosqich ular ham tugatiladi.

Respublika ishchi guruhi o‘tgan ikki oy davomida hududlarda yerosti chuchuk suvlardan foydalanish, daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al qazish ishlarining yerosti chuchuk suvlarga salbiy ta’sirini tanqidiy o‘rganib chiqqan.

Gidrogeologik o‘rganish natijasida quyidagicha xulosa qilingan:

  • Qazish ishlari davomida katta maydonlarda yerosti suvli qatlamlarini ochish, tevarak-atrofda, ya’ni 100-500 m radiusdagi yer osti grunt suvlari sathining 1-2 metrga pasayishiga olib keladi. Qazish ishlarida texnologik reglament talablariga qat’iy rioya qilish lozim.
  • Zarafshon daryosi bo‘yidagi «Dagbit suv olish inshooti» 3-uchastkasining 1-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan hududda qazish ishlarini to‘xtatish va rekultivatsiya qilish lozim.
  • Yerosti suv olish inshootlarining 2-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan karerlardagi qazib olish ishlari yerosti suvlarining (mikrobli) ifloslanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, ushbu hududlarda qazish ishlarini cheklash tavsiya etilgan.
  • Gidrogeologik xulosa ishchi guruhga va mutasaddi vazirlik va idoralarga taqdim etilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring