Hokimlarning g‘allakorlar ishiga aralashishiga taqiq qo‘yildi
G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–10-son, 15.11.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024-yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1-avgustgacha bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda e’lon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga aralashish;
- bug‘doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
- g‘allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish.
2021 – 2022-yillarda «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter