Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlar 10-15 kishilik majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat oladi — Prezident

Hokimlar 10-15 kishilik majlis o‘tkazish uchun bosh vazirdan ruxsat oladi — Prezident

Foto:Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda selektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yana bir bora hokimlardan majlisbozlikni yig‘ishtirib, amaliy ishga o‘tishni talab qildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda.

— Majlis o‘tkazgan hokim ishdan ketadi. Amaldorlarimiz mahallaga tushib, odamlar orasida o‘tkazsin yig‘ilishini. Men ko‘rgan mahallani hokimlar ham ko‘rsin, o‘sha mahalla hidini bilsin.

10-15 kishidan ortiq odamni yig‘ib, majlis qilmoqchi bo‘lgan hokim Bosh vazirdan ruxsat so‘rashi kerak. To‘rt-besh soatlab majlisbozlik qilishni yig‘ishtirish lozim. Bu vaqt ichida qancha ish qilib yuborish mumkin.

Mahalla raisi va profilaktika nozirini majlisga chaqirishni bas qilish shart. Toshkentdan borib viloyat va tumanlarda yig‘ilish o‘tkazish man etiladi, — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring