Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchisi Bektemir tumaniga rahbar etib tayinlandi

Hokim yordamchisi Bektemir tumaniga rahbar etib tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi.

Bugun Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Bektemir tumaniga hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada hozirgacha Chilonzor tumani «Gavhar» mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.

Nurilla Abduraxmanov 1981-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Shu kunga qadar Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tuman hokimliklarida qator mas’ul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Bektemirning avvalgi hokimi Tapil Mahamadziyayev ishdan olingandi. Undan so‘ng tumanni vaqtincha hokim birinchi o‘rinbosari Farhod Nigmanov boshqarib turgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring