Hokim: «Toshkent bekatlaridagi barcha do‘konlar yopiladi»
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan yoshlar uchrashuvda bu haqda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Uchrashuvda yoshlar vakillaridan birining poytaxtda joylashgan bekatlarda yoshlar kutubxonasi, wi-fi hududlari va boshqa imkoniyatlarga ega kichik yoshlar markazi tashkil etish loyihasini tinglar ekan, shunday javob qaytargan:
— Buni bekatlardan boshqa yerda tashkil etsak maqsadga muvofiq, chunki bekat transportlar, avtobuslar to‘xtashi uchun. Ko‘pchilik «do‘kon» qurmoqda natijada avtomoshinalar to‘xtab, jamoat transportlari harkatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda do‘kon bo‘lmaydi. Bekat bekatligicha qoladi, — dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter